Olovli yurak
Serial voqelari Sanamning fotiha to‘yi buzilishi bilan boshlanadi. Bo‘lg‘usi kelinga notanish ayol qo‘ng‘iroq qilib, Temurning xotini ekanligi va undan farzandi borligini ma’lum qiladi. Bundan tashqari Temurning do‘sti Ali ham Sanamni sevadi ammo bundan yaqin do‘stlar bexabar.
So‘nggi treylerlar
Azart
Serialda bugungi kunda avj olgan internetdagi onlayn qimor o‘yinlarining ayanchli oqibatlari ko‘rsatilgan. Serial qahramonlari o‘zlari ishlab turgan sohalaridan voz kechib, katta daromad topish maqsadida onlayn qimor o‘yinlariga mukkasidan ketadilar.
Fitna
Nozima oilasi va farzandalri bo‘lishiga qaramasdan eriga xiyonat qildi. Bu yo‘l uni tobora girdob misol o‘z domiga tortib borardi.Qaynonasi esa uning xiyonatidan xabar topsada nabiralarini yetim qilmaslik uchun o‘g‘lidan bu sirni yashirishga majbur bo‘ladi.
Jumboq
Serial turfa taqdirlar, turli insonlar haqida bo‘lib, hayotning qaltis o‘yinlarida haqiqiy vijdon va kuchli iroda sohiblari g‘alaba qozona olishlari haqida hikoya qiladi.
Nafs
Serialda qabix yo‘llar bilan topilgan boylik, yolg‘onga qurilgan muhabbat, tuxmat girdobidagi kurashlar aks etibgina qolmay yovuz yo‘lni tanlaganlarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qiladi.
Olovli yurak
Serial voqelari Sanamning fotiha to‘yi buzilishi bilan boshlanadi. Bo‘lg‘usi kelinga notanish ayol qo‘ng‘iroq qilib, Temurning xotini ekanligi va undan farzandi borligini ma’lum qiladi. Bundan tashqari Temurning do‘sti Ali ham Sanamni sevadi ammo bundan yaqin do‘stlar bexabar.
Osiyo
O‘z qarindoshini (jiyanini) kelin qilgan ayol-Hafiza opa oilani bog‘lab turadi.Oradan yillar o‘tsada kelini homilador bo‘lmaydi. Yoshlarni ajratib yuborishni istamagan ayol kelinni “homilador”ligini sahnalashtiradi. Buning uchun uzoq qishloqdan oilasida ketma ket qiz tug‘ilgan oila qizini(O‘g‘iloy) ni topib olib keladi. Qiz bir yigitga aldanib homilador bo‘lib qolgan, yigit esa uylanmay Rossiyaga qochib ketgan. Bu vaziyatda qiz hattoki o‘zini osmoqchi ham bo‘ladi.
Nomus
Alisher sevgan qizi Go‘zal bilan ahdu paymon qilgan bo‘lsada ota-ona rizosi uchun amakisining qizi Gulnoraga uylanadi. Bu ham yetmagandek Gulnora nikohning ilk kechasidayoq iffatini yo‘qotgani ma'lum bo‘ladi. Alisher uchun bu og‘ir isnod bo‘lsada oila sha'ni uchun bu yukni o‘z bo‘yniga oladi va qizning xatosini yashiradi.
Sarvinoz
Sarivinoz ota-onasining talabi bilan sevmagan yigitga turmushga chiqmoqda. To‘y kuni esa uning sevglisi qo‘ng‘iroq qilib, so‘nggi bor uchrashishni taklif qiladi. Savrivnoz uchrashuvga chiSqqanida esa yigit uni olib qochib ketadi. To‘y buzilmasligi va ota-onasining sha'nini o‘ylab Sarvinozning singlisi opasining o‘rniga kelin bo‘lishga majbur bo‘ladi.
Jurnalist
Uch qiz-Dunyo, Umida va Aziza institutda birga o‘qishadi, ijara uyda birga yashab, opa-singildek yaqin bo‘lib ketishadi. Har bir qizning o‘z kechinmalari, o‘z tarixi bor. Ular jurnalist bo‘lshni orzu qilishadi va televideniyega tashrif buyurib kichik ko‘rsatuvlar qilishdan ish boshlashadi. Biroq, taqdirning og‘ir sinovlari tufayli bu qizlarning hayoti kutilmagan tomonga o‘zgara boshladi.
Qodirxon
Qodirxon tadbirkor barcha yaqinlariga mehribon bo‘lishga qaramasdan talabchan va adolatli. U otlarni yaxshi ko‘radi shuning uchun o‘zining otxonasida zotdor otlar o‘rin olgan. Uning kuchli xarakter va iroda sohibi ekanligi atrofdagi ba’zilarga yoqmagani tufayli ham ular Qodirxonga adovatli kurash boshlaydilar.
Umid
Serial oilaviy qadriyatlar haqida bo‘lib, ikki yoshning to‘yining buzilishi bilan boshlanadi. Otaning johilligi sabab buzilgan to‘y ikki yoshning baxtiga raxna solibgina qolmay ularning yaqinlarini tinchini buzadi. Ijodkorlar maishiy hayotimizdagi manmanlik va kibrga qurilgan turli salbiy odatlarni tanqid ostiga oladilar. Serial qahramonlari hayoti orqali jamiyatda bu kabi illatlarga qarshi turish kerakligi uqtiriladi.
Piramida
Ushbu serial moliyaviy firibgarliklarning ayanchli oqibatlari haqida hikoya qiladi. Oson pul topish maqsadida firibgarlik yo‘lini tanlagan Abbos va uning sheriklari moliyaviy piramida tashkil qilib, minglab odamlarni aldab ularning yillar davomida topgan boyliklarini o‘zlashtirib ketishadi.