Azart

Serialda bugungi kunda avj olgan internetdagi onlayn qimor o‘yinlarining ayanchli oqibatlari ko‘rsatilgan. Serial qahramonlari o‘zlari ishlab turgan sohalaridan voz kechib, katta daromad topish maqsadida onlayn qimor o‘yinlariga mukkasidan ketadilar.

Fitna

Nozima oilasi va farzandalri bo‘lishiga qaramasdan eriga xiyonat qildi. Bu yo‘l uni tobora girdob misol o‘z domiga tortib borardi.Qaynonasi esa uning xiyonatidan xabar topsada nabiralarini yetim qilmaslik uchun o‘g‘lidan bu sirni yashirishga majbur bo‘ladi.

Jumboq

Serial turfa taqdirlar, turli insonlar haqida bo‘lib, hayotning qaltis o‘yinlarida haqiqiy vijdon va kuchli iroda sohiblari g‘alaba qozona olishlari haqida hikoya qiladi.

Nafs

Serialda qabix yo‘llar bilan topilgan boylik, yolg‘onga qurilgan muhabbat, tuxmat girdobidagi kurashlar aks etibgina qolmay yovuz yo‘lni tanlaganlarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qiladi.

Olovli yurak

Serial voqelari Sanamning fotiha to‘yi buzilishi bilan boshlanadi. Bo‘lg‘usi kelinga notanish ayol qo‘ng‘iroq qilib, Temurning xotini ekanligi va undan farzandi borligini ma’lum qiladi. Bundan tashqari Temurning do‘sti Ali ham Sanamni sevadi ammo bundan yaqin do‘stlar bexabar.

Osiyo

O‘z qarindoshini (jiyanini) kelin qilgan ayol-Hafiza opa oilani bog‘lab turadi.Oradan yillar o‘tsada kelini homilador bo‘lmaydi. Yoshlarni ajratib yuborishni istamagan ayol kelinni “homilador”ligini sahnalashtiradi. Buning uchun uzoq qishloqdan oilasida ketma ket qiz tug‘ilgan oila qizini(O‘g‘iloy) ni topib olib keladi. Qiz bir yigitga aldanib homilador bo‘lib qolgan, yigit esa uylanmay Rossiyaga qochib ketgan. Bu vaziyatda qiz hattoki o‘zini osmoqchi ham bo‘ladi.

Nomus

Alisher sevgan qizi Go‘zal bilan ahdu paymon qilgan bo‘lsada ota-ona rizosi uchun amakisining qizi Gulnoraga uylanadi. Bu ham yetmagandek Gulnora nikohning ilk kechasidayoq iffatini yo‘qotgani ma'lum bo‘ladi. Alisher uchun bu og‘ir isnod bo‘lsada oila sha'ni uchun bu yukni o‘z bo‘yniga oladi va qizning xatosini yashiradi.

Sarvinoz

Sarivinoz ota-onasining talabi bilan sevmagan yigitga turmushga chiqmoqda. To‘y kuni esa uning sevglisi qo‘ng‘iroq qilib, so‘nggi bor uchrashishni taklif qiladi. Savrivnoz uchrashuvga chiSqqanida esa yigit uni olib qochib ketadi. To‘y buzilmasligi va ota-onasining sha'nini o‘ylab Sarvinozning singlisi opasining o‘rniga kelin bo‘lishga majbur bo‘ladi.

Jurnalist

Uch qiz-Dunyo, Umida va Aziza institutda birga o‘qishadi, ijara uyda birga yashab, opa-singildek yaqin bo‘lib ketishadi. Har bir qizning o‘z kechinmalari, o‘z tarixi bor. Ular jurnalist bo‘lshni orzu qilishadi va televideniyega tashrif buyurib kichik ko‘rsatuvlar qilishdan ish boshlashadi. Biroq, taqdirning og‘ir sinovlari tufayli bu qizlarning hayoti kutilmagan tomonga o‘zgara boshladi.

Qodirxon

Qodirxon tadbirkor barcha yaqinlariga mehribon bo‘lishga qaramasdan talabchan va adolatli. U otlarni yaxshi ko‘radi shuning uchun o‘zining otxonasida zotdor otlar o‘rin olgan. Uning kuchli xarakter va iroda sohibi ekanligi atrofdagi ba’zilarga yoqmagani tufayli ham ular Qodirxonga adovatli kurash boshlaydilar.

Umid

Serial oilaviy qadriyatlar haqida bo‘lib, ikki yoshning to‘yining buzilishi bilan boshlanadi. Otaning johilligi sabab buzilgan to‘y ikki yoshning baxtiga raxna solibgina qolmay ularning yaqinlarini tinchini buzadi. Ijodkorlar maishiy hayotimizdagi manmanlik va kibrga qurilgan turli salbiy odatlarni tanqid ostiga oladilar. Serial qahramonlari hayoti orqali jamiyatda bu kabi illatlarga qarshi turish kerakligi uqtiriladi.

Piramida

Ushbu serial moliyaviy firibgarliklarning ayanchli oqibatlari haqida hikoya qiladi. Oson pul topish maqsadida firibgarlik yo‘lini tanlagan Abbos va uning sheriklari moliyaviy piramida tashkil qilib, minglab odamlarni aldab ularning yillar davomida topgan boyliklarini o‘zlashtirib ketishadi.

Egoist

Oilada to‘rt o‘g‘il. Ona hamma farzandlarini o‘z chizg‘an chizig‘idan chiqmasligni, faqat uning hoxish-istagi bilan ish qilishlarini, hatto oilaviy hayotlarini ham faqat u hoxlagandek qurishni talab qiladi.

Parizod

Baxtga intilgan 5 ta qizning orzulari bisyor biroq, hayotning shafqatsiz sinovlari tufali ular ko‘p bora qiyinchiliklarga duch keladilar. Shunday bo‘lsada muhabbat va xiyonat, ezgulik va qabohat o‘rtasidagi azaliy kurashlar silsilasida haqiqiy insoniylik va muhbbat g‘olib bo‘lishi ushbu serialda mohirona ochib berilgan.

Iztirob

Melodrama janridagi bu serial oilaviy kelishmovchiliklar yolg‘on, firibgarlik, xiyonat va mehr muhabbat mavzularini o‘z ichiga olgan.

Afsona

Muxtor aka yomg‘irli tunda chekka bir yoqilg‘i quyish shahobchalaridan birida to‘xtadi. Xotam akaning qizi mashinaga yoqilg‘i quygandan keyin Muxtor qizdan ichishga qahva so‘raydi. Qizning ismi kichik do‘konchaga uni kiritadi biroq unga nisbatan qo‘rquv egallaganidan o‘zini yo‘qotib qo‘yadi.Biroz vaqt o‘tgandan keyin esa Muxtor o‘zini bog‘langan holda yoqilg‘i quyish shahobchasi yerto‘lasida ko‘radi.

Soya

Serial Yoshlar hayotida uchrayotgan turli muammola haqida hikoya qilib, hayotiy sinovlar , qahramonlarning hayotda oʼz oʼrnini topishi, baʼzida qaltis xatolarga yoʼl qoʼyishi va buning salbiy oqibatlari ochib berilgan

Ali va Aliya

Otasiz o‘sgan opa-singilning taqdirlari. Ikki sevishgan yoshning mashaqqatli sevgi yo‘llari haqida hikoya qilib, gi illatlar — ochko‘zlik, hasad, adovat, oq ko‘ngillik, samimiylik, ota-onaga hurmatda bo‘lish kabi fazilatlar ulug‘lanadi.